C++ da operatorlar
Sherzod5048
Posted on September 16, 2022
Operatorlar - dasturlashning asosiy sintaksislaridan hisoblanadi va arithmetic, assignment, relational, logical, bitwise, conditional kabi oreatorlar bor.
Bugun biz Arithmetic (arifmetik) va Assignment(o'zlashtirish, yoki qiymatni o'zgaruvchiga joylash, saqlash) operatorlari bolan tanishamiz.
Arithmetic operators - qo'shish(+), ayirish(-), ko'paytirish(), bo'lish(/) va module(%-qoldiq olish) dan iborat.
"+" va "-" operatorlari biz bilgan matematikada qanday maqsadda ishlatilinsa dasturlashda ham xuddi shunday maqsadda ishlatilinadi."" va "/" operatori xam deyarli shunaqa holatda ishlatilinadi va faqat ularning tip(int, float)lariga extiyot bo'lishimiz kerak bo'ladi.
"%"-module bizga int tipidagi sonni bo'lganda undan hosil bo'lgan qoldiqni olish uchun ishlatamiz va module(%)dan faqat int tipidagi qiymatlarda qo'llashimiz mumkun.
Assignment(=)-o'zlashtirish operatori bu bizga bizdan o'ng tarafda turgan qiymatni bizdan chap tafarda turgan o'zgaruvchiga joylash vazifasini bajaradi.
#include <iostream>
#include <iomanip>
using namespace std;
int main() {
int a;
a = 10;
cout << a;
return 0;
}
Bu yerda 10 qiymati 'a' o'zgaruvchisiga joylandi va 'a'ni print qilganda bizga 10 sonini chiqarib beradi.
Posted on September 16, 2022
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.
Related
November 30, 2024
November 30, 2024