Ozodbek
Posted on May 8, 2024
S: Main
nima desa ?
J: Bu method hisoblanadi.
S: O'zi method nima desangiz ?
J: Method - Function deb ham atasak bo'laveradi. Barcha dasturlash tillarida deyarli bir xil hisoblanadi, Syntaxdan tashqari faqat.
Methodlar 2 turga bo'linadi qiymat qaytaradigan va qiymat qaytarmaydigan methodlar. Methodlar bizga kodni chiroyli va kamroq yozishimisiz uchun xizmat qiladi. Misol uchun bir method yozib uni dasturni istalgan joyida chaqirib ishlatishimiz mumkin.
Main
method bu dasturning bajariladigan kirish nuqtasi hisoblanadi. Va shuningdek chiqish nuqtasi ham Main
orqali amalga oshiriladi.
Main
Class yoki Struct ichida yoziladi. Va shu o'rinda static bo'lishi kerak. Public yoki Private bo'lishi esa siz tuzayotgan dastur talabiga bo'liq(istagancha😉).
Main
doim void
orqali o'zi qiymati chiqarishidan tashqari qiymat ham qaytara oladi. Misol uchun qanday tiplarda qiymat qaytaradi desangiz >> int
, double
, decimal
, bool
, char
, string
va hokazo.
Main
methodi o'z ichiga parametr olishi ham olmasligi ham mumkin. Agar u parametr olsa code bunday holda bo'ladi >> static
void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine("Hello dev.to");
}
Method buyruq qatori argumentlarini o'z ichiga olgan parametr Main bilan yoki parametrsiz e'lon qilinishi mumkin . string[] Windows ilovalarini yaratish uchun Visual Studio dan foydalangan holda siz parametrni qo'lda qo'shishingiz yoki buyruqlar qatori argumentlarini olish uchun GetCommandLineArgs() usulidan foydalanishingiz mumkin. Parametrlar nol indexli buyruq qatori argumentlari sifatida o'qiladi. C va C++ dan farqli o'laroq, dastur nomi massivdagi birinchi buyruq qatori argumenti sifatida ko'rib chiqilmaydi , lekin u GetCommandLineArgs()args usulining birinchi elementi hisoblanadi .
Pastda Main
turlarini ko'rishingiz mumkin
public static void Main() { }
public static int Main() { }
public static void Main(string[] args) { }
public static int Main(string[] args) { }
public static async Task Main() { }
public static async Task<int> Main() { }
public static async Task Main(string[] args) { }
public static async Task<int> Main(string[] args) { }
Tushuntira oldimmi ?
Posted on May 8, 2024
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.