JS Data types (Ma'lumot turlari)
Muhiddin Azizqulov
Posted on May 31, 2024
JavaScriptda ikkita asosiy ma'lumotlar turi mavjud: primitiv va no primativ turlarga bo'linadi.
- Primitiv Turlar
1. String
Matnli ma'lumotlarni ifodalaydi. Ikkita qo'shtirnoq ("...")
yoki bitta qo'shtirnoq ('...') ichida yoziladi.
yoki bektik (`...`) ichida yoziladi
misol:
let str = "Hello, World!";
let str = 'Hello, World!';
let str = `Hello, World!`;
2. Number
Butun va o'nlik (floating-point) sonlarni ifodalaydi.
misol:
let num = 42;
let pi = 3.14;
3. Boolean
Mantiqiy qiymatlar: true yoki false.
misol:
let isTrue = true;
let isFalse = false;
4. Null
Bitta qiymatni qabul qiladigan maxsus ma'lumot turi:
Null, Bu qiymat ob'ektning mavjud emasligini ifodalaydi.
Misol:
let emptyValue = null;
5. Undefined
O'zgaruvchiga hech qanday qiymat tayinlanmaganligini ifodalaydi.
Misol:
let notAssigned;
console.log(notAssigned); // undefined
6. Symbol
(ES6 dan boshlangan)
Yagona, o'zgarmas identifikatorlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Misaol:
let sym = Symbol('description');
7. BigInt
(ES11 dan boshlangan)
Katta butun sonlarni ifodalaydi bu sonlar Number tipida
ifodalanishi mumkin bo'lgan diapazondan kattaroq bo'ladi.
Misol:
let bigIntNumber = BigInt(9007199254740991);
- No Primativ turlar
Object
Kalit-qiymat juftliklarini saqlash uchun ishlatiladi.
Ob'ektlar moslashuvchan va ko'p maqsadli bo'lib,
bir nechta xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin.
Misol:
let person = {
name: "John",
age: 30
};
Array
Tartiblangan ro'yxat yoki kolleksiyani ifodalaydi.
Arraylar ob'ektning bir turi hisoblanadi.
Misol:
let numbers = [1, 2, 3, 4, 5];
Function
Funksiyalar ham ob'ekt turlariga kiradi.Funksiya
kod bo'lagini qayta ishlatish va bajarish uchun ishlatiladi.
Misol:
function greet(name) {
return "Hello, " + name;
}
Ma'lumotlar Turini Tekshirish
typeof
operatori yordamida o'zgaruvchining turini tekshirish mumkin:
💖 💪 🙅 🚩
Muhiddin Azizqulov
Posted on May 31, 2024
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.
Related
undefined Setting Up a Node.js Development Environment with MySQL, Sequelize, and TypeScript
November 29, 2024