Welcome to JavaScript 0 to PRO course ! [ UZ]
Mukhriddin Khodiev (work)
Posted on August 20, 2024
Assalamu alaykum JavaScript darslarimizga xush kelibsiz! Bugundan sizlar bilan JavaScriptni mukammal o'rganishni boshlaymiz!
Mavzular: (JS ga kirish, Variables, Data Types)
JS nima?
JavaScript (JS) – bu veb-sahifalarni interaktiv qilish uchun ishlatiladigan dasturlash tili. HTML va CSS bilan birgalikda JavaScript veb-dasturlarning uch asosiy texnologiyalaridan biri hisoblanadi.
JS qanday ishlaydi?
JavaScript veb-brauzerlarda ishlaydi. Brauzer JavaScript dvigateli orqali JS kodini bajaradi. JavaScript-ni HTML-ga bog’lash uchun
<script>
tegidan foydalaniladi.
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>My First JS</title>
</head>
<body>
<h1>Hello, World!</h1>
<script>
console.log('Hello, World!');
</script>
</body>
</html>
alert(), prompt(), confirm(), document.write(), textContent(), innerHTML, Template Literal
- alert(): Oddiy xabar oynasini ko'rsatadi.
- prompt(): Foydalanuvchidan ma'lumot kiritishni so'raydi.
- confirm(): Foydalanuvchidan tasdiqlashni so'raydi.
- document.write(): HTML hujjatiga matn yozadi.
- textContent(): Elementning matn mazmunini olish yoki o'zgartirish uchun ishlatiladi.
- innerHTML: Elementning ichki HTML tarkibini olish yoki o'zgartirish uchun ishlatiladi.
-
Template Literal: Qo’shimcha ma'lumotlarni birlashtirish uchun `
backtick (
`) belgilaridan foydalaniladi.
`javascript
let name = "John";
console.log(`Hello, ${name}!`);
`
Variables - var, let, const
- var: O'zgaruvchi e'lon qilishning eski usuli. Uning bloki cheklovi yo'q.
- let: ES6+ usulda. Blok chekloviga ega.
- const: O'zgarmas o'zgaruvchi yaratadi. O'zgaruvchi qayta belgilanishi mumkin emas.
"use strict"
Kod qat'iy rejimda bajarilishi uchun ishlatiladi. Bu ko'plab xatolarga yo'l qo'ymaslikda yordam beradi.
`javascript
"use strict";
x = 3.14; // Xatolik, o'zgaruvchi e'lon qilinmagan
`
Data Types
Primitive Types:
- number: Raqamlar.
- bigInt: Juda katta raqamlar.
- string: Matn holatidagi ma'lumotlar.
- boolean: True yoki false qiymatlar.
- null: Bo'sh yoki mavjud bo'lmagan qiymat.
- undefined: Qiymat belgilanmagan.
- symbols: Unikal identifikatorlar.
NonPrimitive Types:
- objects: key-value juftliklari ko'rinishidagi ma'lumotlar.
- arrays: Bir necha ma'lumotni bir joyga to'plab saqlaydigan struktura.
- functions: Ma'lum bir vazifani bajaradigan kodlar to'plami.
null vs undefined
- null: Qo'l bilan qiymat sifatida "bo'sh" deb belgilangan.
- undefined: O'zgaruvchiga qiymat berilmagan.
Matematik Operatorlar
- +: Qo'shish
- -: Ayirish
- *: Ko'paytirish
- /: Bo'lish
- %: Qoldiq
- **: Darajaga ko'tarish
Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo'lsa izoh va Vuechi do'stlaringizga ulashing. 🫡
Posted on August 20, 2024
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.
Related
October 20, 2024