CSS Grid
Miss_code_creaker
Posted on September 6, 2024
●CSS Grid - to'rga (сетка) asoslangan layout bo'lib, float yoki position xossalari yordamisiz qatorlar va ustunlar yordamida veb sahifada layout yaratishda yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, veb sahifadagi elementlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. CSS Grid 2 asosiy elementlardan tashkil topgan: grid container va grid item.
Grid container - display xossasi uchun grid yoki inline-grid qiymatiga ega bo'ladi.
Grid items - veb sahifamizdagi grid container ota-onaga ega bo'lgan elementlar.
●"Grid container"ning ikki asosiy xossasi mavjud: •grid-template-columns -container ichidagi ustunlar soni va uni uzunligini belgilashda ishlatiladi.
•grid-template-rows - container ichidagi qatorlar balandligini belgilashda ishlatiladi
●"Grid item"ga tegishli xossalar yordamida elementni bir necha ustun va qatorlarni egallashini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Uning asosiy ikki xossasi mavjud:
•grid column - element nechta ustunni o'z ichiga olishini belgilab beradi.
•grid-row -element nechta qatorni o'z ichiga olishini belgilab beradi.
Posted on September 6, 2024
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.