Python Variables.

islomali99

islomAli99

Posted on April 2, 2023

Python Variables.

Assalamu aleykum xurmatli dasturchi bugun siz bilan Python dasturlash tilida Variables - O'zgaruvchilarxaqida ko'ribchiqamiz.

Faqat Python dasturlash tilida emas boshqa tillarda, xam O'zgaruvchilar juda katta ahamiyatga ega xisoblanadi.
Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridan farqli ularoq tip e'lon qilmaydi, ha aytgancha PHP da ham o'zgaruvchilar e'lon qilinmaydi!

**O'zgaruvchi** - Xotiraning nomlangan qismi bo’lib, o’zida ma’lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.

Python dasturlash tilida o'zgaruvchini tipi e'lon qilinmaydi! Dastur kodini yozish jarayonida tipni o'zingiz hohlagan turga o'tkazishingiz mumkin. Buni esa keyingi darslarda ko'rib chiqamiz! Hozir siz bilan dasturlash tilini o'rganish jarayonida qiyinchilikka o'chramasligingiz uchun oddiysidan boshlaymiz!

x = 5
y = "Ilmhub IT school"
print(x)
print(y)
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
Natija: 
Ilmhub IT school
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zgaruvchini e'lon qilib va unga qiymat bergandan keyin usha o'zgaruvchini qiymatini o'zgartirishimiz xam mumkin.
Xozir pastda misol berilgan bitta x degan o'zgaruvchi bor unga birinchi 4 qiymat berdik va usha 4 qiymatni Men dasturlash tilini o'rganishni boshladim degan yozuv chiqadi.

Misol uchun:

x = 4
x = "Men dasturlashni o'rganishni boshladim"
print(x)
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
Natija:
Men dasturlashni o'rganishni boshladim
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zgaruvchilarga nom berish!

O'zgaruvchi qisqa nomga ega bo'lishi mumkin (masalan, x va y) yoki ko'proq tavsiflovchi nom (yosh, ism, son va h.k). Python o'zgaruvchilar uchun qoidalar:

  1. O'zgaruvchilar [a-Z] harf bilan yoki "_"pastga belgi bilan boshlanishi zarur!

  2. O'zgaruvchilar nomi raqam bilan boshlanmaydi!

  3. O'zgaruvchi [a-Z] harf bilan yoki "_"pastga belgi bilan boshlanib raqamlar ham aralashtirsa bo'ladi. ( _ali123, son90 va h.k)

4.O'zgarvchi nomida katta va kichik harflar ahamiyatga ega bo'lib misol uchun Aka va aka ikki xil o'zgaruvchi nomi hisoblanadi! (Aka, aka, AkA, aKa).

💖 💪 🙅 🚩
islomali99
islomAli99

Posted on April 2, 2023

Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.

Sign up to receive the latest update from our blog.

Related