islomAli99
Posted on March 23, 2023
Assalamu aleykum xurmatli dasturchi bugun siz bilan Python dasturlash tilida Print()
- funksiyasini korib chiqamiz.
Print() - bu Pythondagi mahsus funktsiya bo'lib, () ichida berilgan matn yoki ifodalarni ekranga (konsolga) chiqarish vazifasini bajaradi.
Misol uchun:
print("Hello World")
print("Assalamu aleykum")
print("Salom Dunyo")
Xozirgi yozgan kodimizni Natijasi:
Hello World
Assalamu aleykum
Salom Dunyo
print(Hayrli tong!)
Natija: SyntaxError: invalid syntax
Bu safar esa Hayrli tong! yozuvi o'rniga, Syntax Error (sinteksda xatolik) xabari chiqdi. Xatolik qayerda?
Avval aytganimizdek, print()
funktsiyasi matn yoki ifodalarnin konsolga chiqarish vazifasini bajaradi. Lekin bu funktsiya to'g'ri ishlashi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish lozim. Jumladan, agar konsolga matn chiqarmoqchi bo'lsak matinimiz albatta qo'shtirnoq yoki( " " )
yoki birtirnoq( ' ' )
orasida yozilishi kerak. Demak Hayrli tong! so'zini konsolga chiqarish uchun to'g'ri kod:
print("Hayrli tong!")
print('Hayrli tong!')
print("Biz Python dasturlash tilini o'rganishni boshladik")
print('Biz Python dasturlash tilini judayam qiziq ekan')
Posted on March 23, 2023
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.
Related
June 23, 2024