Function Declaration vs Function Expression
Davron
Posted on April 22, 2022
Function Declaration - bu funksiyani e'lon qilishdir.
E'lon qilingan funksiya keyinroq u chaqirilganda ishga tushirish uchun saqlab qo'yilgan bo'ladi.
O'zgaruvchilarni e'lon qilish var, let, yoki const kabi kalit so'zlar bilan boshlanganidek funksiyani deklaratsiyasi ham function kalit so'zi bilan boshlanadi.
Masalan:
function test(){
return 4;
}
- Bu yerda funksiya e'lon qilindi holos. Uni ishga tushirish uchun funksiya nomi test()'dan foydalanib funksiyani chaqirishimiz kerak.
Function Expression
Javascriptda funksiya ifoda yordamida ham aniqlanishi mumkin. Funksiya ifodasi(expression) o'zgaruvchiga saqlanishi ham mumkin:
var x = function(a,b) { return a*b};
Funksiya ifodasi o'zgaruvchiga saqlangandan so'ng aynan shu o'zgaruvchidan funksiya sifatida foydalanish mumkin. O'zgaruvchiga saqlanadigan funksiyalarda funksiya nomini ko'rsatish shart emas. Ular doimo o'zgaruvchi nomi orqali chaqiriladi va ishga tushiriladi.
Function Expression:
alert(test()); // ERROR! test topilmadi
var test = function() { return 5; }
Function Declaration:
alert(test()); // Alert 5. dekleratsiyash birinchi amalga oshiriladi
function test() { return 5; }
Funksiya deklaratsiyasi boshqa har qanday kod ishga tushishidan oldin bajariladi, funnksiya ifodasi(expression) esa interpreter shu qatorga yetib kelganda bajariladi.
var kalit so'zidek funksiya deklaratsiyalari kodning eng yuqorisiga avtomatik ko'tariladi(hoisted). Funksiya ifoda(expression) lar esa ko'tarilmaydi.
Function expression'ning afzalliklari:
Funktsiya ifodalari funksiya deklaratsiyasidan ko'ra foydaliroq bo'lishining bir necha xil usullari mavjud:
Closure sifatida;
Boshqa funksiyalarga argument sifatida;
Darhol chaqiriladigan funksiya ifodalari (IIFE) sifatida;
Posted on April 22, 2022
Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.
Sign up to receive the latest update from our blog.
Related
November 30, 2024