Javascript Promis

bekmuhammaddev

BekmuhammadDev

Posted on July 9, 2024

Javascript Promis

Image description

JavaScript promises asinxron operatsiyalarni boshqarishning qulay usullaridan biri hisoblanadi. promises kelajakda bajarilishi yoki muvaffaqiyatsiz tugashi mumkin bo'lgan qiymatlarni ifodalaydi. Ular asinxron operatsiyalarning natijalarini boshqarish uchun ishlatiladi va callback funksiyalar bilan bog'liq muammolarni kamaytiradi.

promis table

Image description

promises yaratish

JavaScript-da promis yaratish uchun Promise konstruktoridan foydalaniladi.

let myPromise = new Promise((resolve, reject) => {
    let success = true; // Bu yerda sizning asinxron operatsiyangiz bo'lishi mumkin

    if (success) {
        resolve("Bu operatsiya muvaffaqiyatli tugadi!");
    } else {
        reject("Bu operatsiya muvaffaqiyatsiz tugadi.");
    }
});

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • resolve
  • reaject

resolve va reject funksiyalari JavaScript promises asinxron operatsiyalarning natijasini boshqarish uchun ishlatiladi.

resolve

resolve funksiyasi promis muvaffaqiyatli bajarilganda chaqiriladi. Bu funksiya o'ziga argument sifatida biror qiymat oladi, va bu qiymat keyinchalik .then() metodiga uzatiladi.

let Promise = new Promise((resolve, reject) => {
    let success = true; // Bu yerda sizning asinxron operatsiyangiz bo'lishi mumkin

    if (success) {
        resolve("Bu operatsiya muvaffaqiyatli tugadi!");
    }
});

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqoridagi misolda, success o'zgaruvchisi true bo'lsa, resolve funksiyasi chaqiriladi va "Bu operatsiya muvaffaqiyatli tugadi!" qiymatini uzatadi.

then metodi orqali cansole.log da natijani chiqarish:

Promise.then((result) => {
    console.log(result); // "Bu operatsiya muvaffaqiyatli tugadi!" ni cansole.log da chiqaradi
});

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

reject

reject funksiyasi promis muvaffaqiyatsiz tugaganda chaqiriladi. Bu funksiya o'ziga argument sifatida biror xatolik yoki muvaffaqiyatsizlik haqidagi ma'lumotni oladi, va bu qiymat keyinchalik .catch() metodiga uzatiladi.

let mPromise = new Promise((resolve, reject) => {
    let success = false; // Bu yerda sizning asinxron operatsiyangiz bo'lishi mumkin

    if (!success) {
        reject("Bu operatsiya muvaffaqiyatsiz tugadi.");
    }
});

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqoridagi misolda, success o'zgaruvchisi false bo'lsa, reject funksiyasi chaqiriladi va "Bu operatsiya muvaffaqiyatsiz tugadi." qiymatini uzatadi.

mPromise
    .then((result) => {
        console.log(result); // Bu yerga kirmaydi keyingi blockga o'tadi
    })
    .catch((error) => {
        console.error(error); // "Bu operatsiya muvaffaqiyatsiz tugadi." ni cansole.logda chop  etadi
    });

Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Image description

💖 💪 🙅 🚩
bekmuhammaddev
BekmuhammadDev

Posted on July 9, 2024

Join Our Newsletter. No Spam, Only the good stuff.

Sign up to receive the latest update from our blog.

Related

Javascript Promis
javascript Javascript Promis

July 9, 2024